Bilasizmi?

Terini quyoshdan saqlash qoidalari

Quyosh nurlari terini vaqtidan oldin qaritib yuboradi. Dog‘lar, oq papiloma o‘simtalari, ajin kabi salbiy holatlar paydo bo‘lishining sababchilaridan biri - quyosh nurlaridir. Yoz kunlarida majburiy ravishda quyoshga qarshi kremlardan foydalanish zarur. Undan tashqari terini quyoshdan saqlashning 5 asosiy qoidasi mavjud:

1. Quyosh nurlari ostida imkon boricha kamroq bo‘lish kerak. Soat 11:00 dan 16:00 ga qadar ko‘chaga umuman chiqmaslik tavsiya etiladi. Aynan shu davr quyosh nurlarining organizm va teriga eng salbiy ta’sir ko‘rsatadigan paytidir.

2. Teri kuyishidan ehtiyot bo‘lish kerak. Mobodo kuyib qolsa, namlatuvchi krem surish yoki chereda damlamasi bilan chayinish tavsiya etiladi.

3. Ko‘z osti teri yuz terisiga nisbatan 6 barobar nozikroq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘z atrofi terisini birinchi navbatda himoya qilish zarur. Buning uchun oynasi ko‘z atrofini bekita oladigan quyoshga qarshi ko‘zoynak taqish va ko‘z atrofi terisini namlatuvchi kremlardan foydalanish kerak.

4. Quyosh nurlari tik tushadigan joylarda, xususan plyajda, bosh kiyim haqida unutmaslik kerak. Birinchidan, soyabonlari katta yengil bosh kiyimi organizmni issiq urishidan saqlaydi, ikkinchidan, yuz terisiga qo‘shimcha himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Quyosh nurlaridan saqlanish vositalaridan yana biri - soyabondir (zontik). Hozirgi kunda sotuvda aynan quyoshning ultrafiolet nurlaridan himoya qiluvchi maxsus soyabonlar mavjud.

5. Nihoyat, eng muhim tavsiya, yoz kunlarida albatta quyoshga qarshi kremni surib ko‘chaga chiqish kerak.

Quyoshga qarshi krem UVA va UVB nurlariga qarshi bo‘lishi lozim (krem idishida bu haqda ma’lumot bo‘ladi).

Bunday kremlar himoya qilish qobiliyatiga qarab SPF 15 dan SPF 50-80 gacha bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, kremning himoya qilish qobiliyati shuncha baland hisoblalani.

Maqola yoqqan bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

Manba: Uzbaby.uz