Madaniyat

Terini tozalashning 6 usuli

Tozalovchi vositalarning qaysi birini tanlashni bilmayapsizmi?  Quyida dermatologlarning aynan sizning teringizga mos keluvchi mukammal vositalarni tanlash to‘g‘risidagi maslahatlari bilan tanishing.

Yog‘li terilar uchun: Tozalovchi balchiq

Ta’siri: Bu vosita terini nafaqat tozalaydi, balki oqartiradi ham. Kosmetik balchiq tarkibidagi ko‘mir va gil teri teshikchalarini ochishga va ortiqcha teri yog‘larini chiqarishga yordam beradi. Agar hayz ko‘rish paytida yuzingizda toshmalar paydo bo‘lsa, 10 kun oldin bu vositadan foydalanishni boshlang.

Qizarishga moyil terilar uchun: Tozalovchi suv

Ta’siri: Bu vosita tarkibida sovun yo‘q. Bunday vositalar qizarishni ketkazuvchi yallig‘lanishga qarshi selen minerallari bilan boyitilgan. Shuningdek, mitsellyar texnologiyasi tozalovchi vositaning teri yuzasida to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash orqali bezovtalikning oldini oladi. Tozalovchi suvdan tonik sifatida foydalaning: vositani paxta tampon yordamida suring va yuvib tashlamang.

Rangsiz terilar uchun: Tozalovchi kukun

Ta’siri: Ezilgan don va minerallardan qilingan bu kukun suv bilan aralashtirilganda ko‘pikli pastaga aylanadi. Kukun odatdagi skrabga qaraganda mayinroq bo‘lgani uchun teridagi o‘lik hujayralarni tozalaydi va terining rangi bilan ehtiyotlik bilan kurashadi.

Ta’sirchan terilar uchun: Tozalovchi sut

Ta’siri: Tasavvur qiling, teri qatlami — sement bilan mahkamlab terilgan g‘isht. Ta’sirchan terili odamlarda bezovta qiluvchi elementlar kirishi, namlikning chiqib ketishidan saqlovchi bu sement bo‘lmaydi. Sut ko‘rinishidagi tozalovchi bu vositalar tarkibida suv kam, yoriqlarni to‘ldirish uchun yog‘li kislotalar va keramida kabi oziqlantiruvchi moddalar esa ko‘proq bo‘ladi.

O‘rtacha terilar uchun: Tozalovchi gel

Ta’siri: Ilgari gelli vositalar tarkibi terini haddan tashqari qurituvchi ko‘p miqdorda spirtdan iborat bo‘lar edi. Hozirgi gellar asosini suv tashkil qiladi. Bunday vositalar yog‘larni teri teshikchalarini ochmasdan tozalaydi va shu bilan birgalikda namlantirishda davom etadi.

Quruq terilar uchun: Tozalovchi balzam

Ta’siri: Tarkibida yumshatuvchi vositalar miqdori yuqori bo‘lgani uchun bu balzam tozalovchi vositalardan ko‘ra namlantiruvchi vositalarga yaqin turadi. Shuning uchun undan ham xuddi shu usulda foydalanish mumkin: balzamni quruq teriga suring va keyin teridagi namlikni saqlab qolish uchun ortiqchasini yumshoq nam salfetka bilan artib tashlang.

Manba: Daryo.uz