Bilasizmi?

Tinchlantiruvchi ta’sirga ega yong‘oq

Hindlar eron yong‘og‘ini bu yong‘oq tinchlantiruvchi ta’sirga ega deb hisoblashadi. Mag‘zi qaynatib ichilsa, ilon zahridan himoyalaydi, erkagu ayolning jinsiy quvvatini yaxshilaydi.

Turmush o‘rtog‘ingizning tamaki chekish odati bilan kurashaverib, zerikkan bo‘lsangiz, cho‘ntagiga bir siqim eron yong‘og‘idan solib qo‘ying. Qar safar tamaki chekishni ixtiyor etsa, yong‘oq yesin. Ana shunda yong‘oq tarkibidagi triptofan moddasi tamakiga bo‘lgan moyillikni asta-sekin so‘nib borishini ta’minlaydi;

Eron yong‘og‘ini muntazam iste’mol qilib borish tanadagi har xil o‘sma kasalliklarining rivojlanmay, negizidayoq nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Eron yong‘og‘i tish emalini mustahkamlaydi va milk qonashidan asraydi. Mag‘zining qaynatmasi esa so‘gal va pappilomalarni yo‘qotishda kor qiladi. Ushbu yong‘oqni kuniga 4-5 donadan bir oy davomida yesangiz, kalsiy va temir moddasiga bo‘lgan ehtiyoj qoplanib, suyaklar ancha mustahkamlanadi, gemoglobin ham sezilarli darajada ko‘tariladi. Uni har oyda uzluksiz bir haftadan yeb turish organizmni zaxarli xiltlardan tozalab, immunitetni kuchaytiradi. Bu yong‘oqni homilador ayollar ham ko‘p yeyishlari kerak. Negaki, tarkibidagi Ye, V va foyliy kislotasi homilaning salomatligi uchun zarurdir.

Manba: Darakchi.uz