Salomatlik — e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan eng muhim narsadir. Organizmning qanday ahvolda ekanligini bilish uchun vaqti-vaqti bilan shifokor huzuriga borib turish kerak. Biroq sog‘lig‘imiz joyida ekanligini bilishning boshqa usullari ham bor, chunonchi, buni tirnoqlarga qarab anglab olish mumkin. Tirnoqlarning ko‘rinishi ko‘p narsadan darak berishi mumkin. Maqolada bu haqda batafsil o‘qib olasiz.
- Tirnoqdagi oq dog‘lar organizmga ba’zi vitaminlar (xususan, A, E, S), shuningdek, rux, kalsiy va temir moddalari yetishmayotganini bildiradi.
- Qavat-qavat bo‘lib ko‘chayotgan tirnoqlar zamburug‘lar tufayli yuzaga keladigan kasalliklar, moddalar almashinuvi, hayz sikli va tuxumdonlar funksiyalarining buzilishidan darak berishi mumkin.
- Tirnoqlardagi taram-taram pushti chiziqlar tirnoq plastinkasining shikastlangani yoki yurak-qon tomir tizimidagi muammolardan so‘zlashi mumkin.
- Uzunasiga tushgan tarnovchalar organizmga suyuqlik yetishmaganda paydo bo‘ladi. Shuningdek, bu moddalar almashinuvining buzilishi yoki bo‘g‘imlardagi muammolar belgisi bo‘lishi mumkin.
- Tirnoqlar egri-bukri shaklda bo‘lsa, bu organizmda temir yetishmasligidan anemiya kelib chiqqan, shuningdek, o‘pka yoki yurakda muammolar bor demakdir.
- Tirnoq plastinkasining oq rangda bo‘lishi jigar xastaliklari yoki oshqozon-ichak yo‘li muammolaridan darak beradi.
Maqolani tayyorlashda “Xitrosti jizni” nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.