Muammoning yechimi bor!
- 1 osh qoshiq osh tuzini iliq suvda eritib, 2 tomchi yod eritmasini qo‘shing. Yengil aralashtiring-da, 15 daqiqaga qo‘llaringizni solib o‘tiring. Tuzli vanna sinuvchan tirnoqlar uchun jyda foydali. Faqat bir sharti bor: muolajadan so‘ng qo‘llar chayilmaydi va 15 kun davomida muntazam bajariladi.
- Yangi archilgan limon po‘sti bilan tirnoqlarni bir sidra artib oling. Bu muolaja nafaqat tirnoqlarni mustahkamlaydi, balki tirnoq atrofidagi terini yumshatib, dag‘allashishidan himoyalaydi.
- Dorixonalarda qavatma-qavat bo‘lib ko‘chib tushayotgan tirnoqlar parvarishi uchun maxsus kremlar mavjud. Bunday kremni tirnoqqa yaxshilab surtib, ertalabgacha qoldiriladi.
- Tirnoq plastinkasi yupqalashib, so‘ng sinib ketaversa, bir haftada 2 marta zaytun yog‘ini yordamga chaqiring. Tirnoq atrofiga zaytun yog‘idan surtib, yengil uqalang. Yog‘ tirnoq atrofidagi teri va tirnoq plastinkasiga shimilishi kerak.
- Sinuvchan tirnoqlarni har hafta qaychilab turish lozim. Shunda uchi kaltalanib, asosi mustahkamlanib boraveradi. Yuzasi ko‘chayotganida ahamiyat berilmasa, muammo tirnoq asosiga yetib borishi mumkin.
- Muammoning yana bir yechimi: ikki hafta davomida lak surtmay, rangsiz bo‘yoqdan foydalaning. Tirnoqlaringiz o‘ziga kelib olgach, yana rang berishingiz mumkin.
- Uydagi muolajalar yordam bermasa, go‘zallik salonlarida parafin yordamida davolash choralari ham bor. Agar tirnoqlardagi sinuvchanlik uzoq davom etsa yoki tez-tez qaytalansa endokrinolog ko‘rigi ham maqsadga muvofiqdir.
Manba: Darakchi.uz