AdMe tishlarni uy sharoitida oqartirish va mustahkamlashning ba’zi usullarini keltirib o‘tdi.
O‘z qo‘llarimiz bilan oqartiruvchi pasta
1 choy qoshiq kurkuma kukunini shu miqdordagi toza kokos yog‘i va 2—3 tomchi yalpiz yog‘i bilan aralashtiramiz. Oddiy tish pastasi kabi qo‘llaymiz. Bunday aralshma emalni asraydi, tishni oqartiradi va og‘iz bo‘shlig‘ini musaffo qiladi.
Choy daraxti yog‘i
100 foizli choy daraxti yog‘idan 5 tomchi olib, ½ stakan suvga aralashtirib, tishlarni tozalab bo‘lgandan so‘ng, chayilsa, bir necha haftadan so‘ng tishlar oqarganini sezasiz.
Qulupnayli pasta
Yangi uzilgan qulupnayni olib, uni qoshiq bilan ezamiz va juda mayda dengiz tuzi bilan aralashtiramiz. Uni tish cho‘tkasiga surib, tishlarni bir necha daqiqa davomida uqalaymiz, so‘ng og‘izni yaxshilab chayib tashlaymiz. Bunday pastadan 2 haftada 1 marta foydalanish mumkin.
Kokos yog‘i
Tishlarni tozalashdan oldin, yog‘ni tishlarga surib chiqamiz. 15—20 daqiqaga qoldiramiz, so‘ng odatiy usulda tishlarni tozalaymiz. Haftasiga 2—3 marta takrorlash mumkin.
Faollashgan ko‘mirdan niqob
Ko‘mir kukunini suv bilan aralashtirib, quyuq smetanaga o‘xshash aralashmani hosil qilamiz. Tishlarga surib, 2 daqiqaga qoldiramiz va yaxshilab chayqab tashlaymiz. Haftasiga 1—2 marta takrorlash mumkin.
Banan po‘stlog‘i
Banan po‘stlog‘ida tish karashini erituvchi va tish rangini oqartiruvchi moddalar bor. Po‘stloqning oq qismi bilan tishlarning tashqi va ichki yuzalarini ishqalaymiz va 5—7 daqiqaga qoldiramiz. So‘ng tishlarni tozalab, chayqaymiz.
Limon bilan chayish
Asta-sekinlik bilan oqartirish va og‘iz bo‘shlig‘ini musaffo saqlash uchun limondan aralashma tayyorlash mumkin. Buning uchun limon suvi va mayda tuzni 3:1 nisbatda olib, aralashtiramiz. Tishni tozalab bo‘lgach, u bilan chayamiz. Haftasiga 2—3 marta takrorlaymiz.
Manba: Daryo.uz