Yangi ovqatlanish rejimi sizning ahvolingiz va kayfiyatingizni sezilarli darajada o‘zgartirayotganini sezdingizmi? Biz sog‘lom ovqatlanishning ba’zi qoidalari qanday qilib sizga zarar keltirishi mumkinligini tushuntirmoqchimiz.
Butun diqqat-e’tiborning oqsillar, yog‘lar va uglevodlarda bo‘lishi
Sog‘lom ovqatlanish tizimida oqsillar, yog‘lar va uglevodlar o‘zaro chambarchas bog‘langan va ular organizmning normal ishlashi uchun bir xilda zarur. Biz o‘z ratsionimizdan bu makroelementlar birlashganda va bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri nisbatda ishlagandagina eng ko‘p foyda olishimiz mumkin.
Sog‘lom ovqatlanishga rioya qilish uchun biron-bir ozuqa moddadan voz kechish natijasida siz ba’zi vitaminlarni qabul qilishni to‘xtatasiz, kerakli energiyani olmay qo‘yasiz va bu orqali o‘z organizmingizga zarar keltirasiz.
Ratsiondan sevimli ovqatlarni to‘liq chiqarib tashlash
Agar sizning asablaringiz charchay boshlagan, ish qobiliyatingiz pasaygan bo‘lsa va siz o‘zingizni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan yomon his qilayotgan bo‘lsangiz, usiz normal faoliyat ko‘rsatolmaydigan ovqatingizni ratsioningizga qaytaring — aks holda sizga parhez hech qanday foyda keltirmaydi.
Kayfiyatning yomonligini e’tiborga olmaslik
Yomon kayfiyat parhez va boshqa cheklovlar foydasining ko‘rsatkichi emas. Aksincha, bu biron-bir muammodan darak beruvchi belgidir. Salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaslik uchun darhol o‘z ratsioningizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak.
Jismoniy mashqlardan voz kechish
Jismoniy mashqlar — ozish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan shartlar. Har qanday faollik modda almashinuvini normallashtiradi va tezlashtiradi.
O‘zingizga yoqadigan xohlagan sport turini tanlang va unga kamida bir haftada uch marta vaqt ajrating.
Manba: Daryo.uz