Zarur masalliqlar: 300 gr. tovuq go‘shti (suyaksiz qismi), 2 ta bulg‘or qalampiri, 1 bosh piyoz, 4 osh qoshiq konservalangan yashil no‘xat, petrushka, shivit, zaytun yog‘i, 1 choy qoshiq balzamli sirka, qalampir, qora murch, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shtini o‘rtacha kattalikda to‘rtburchak qilib to‘g‘rab, tuz, murch seping. Qizdirilgan zaytun yog‘ida 5–7 daqiqa qovuring.
2. Piyoz va bulg‘or qalampirini to‘rtburchak shaklda maydalab to‘g‘rang-da, qovurilgan tovuq go‘shti va yashil no‘xat bilan aralashtiring.
3. Endi salatga maydalangan ko‘katlarni solib, sirka va 2 choy qoshiq zaytun yog‘ini quying. Yaxshilab aralashtirgach, dasturxonga tortishingiz mumkin.
30 daqiqa
6 kishilik
Manba: Darakchi.uz