Zarur masalliqlar: 800 gr. qaynatilgan mol go‘shti, 80 gr. qattiq pishloq, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiqdan smetana va soya sousi, go‘sht uchun ziravorlar.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatib pishirilgan mol go‘shtini 7–8 mm. qalinlikda o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang.
2. Tuxumlarni chaqib, soya sousi, smetana va ziravorlarni qo‘shing.
3. Toblama qolipga avval suyuq aralashmadan soling, ustidan bir qator qilib go‘sht bo‘laklarini joylang. Yana shu tartibni takrorlagach, 30 daqiqa muzlatkichda qoldiring.
4. Pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazib, yarmini go‘sht ustiga seping-da, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo‘ying. Keyin qolgan pishloqni sepib, yana 15 daqiqa gaz pechida qoldirasiz.
2 soat
4 kishilik
Manba: Darakchi.uz