Oshxona

Tonggi vaqtni tejash usullari: nonushtaga bananli desert va energetik batonchalar

Nonushta ovqatlanishning eng muhim qismi ekanligi barchamizga ma’lum. Biroq erta tongda turib, to‘laqonli nonushta tayyorlashga ba’zan erinib qolamiz. Ayniqsa, kuzda… Havo sovuq, issiq ko‘rpadan chiqqimiz kelmaydi.

Quyida kechqurun tayyorlab qo‘yish mumkin bo‘lgan mazali va foydali nonushta retseptlarini e’tiboringizga havola etamiz. Ular ko‘p vaqtingizni olmaydi, tongda esa sovutkichda sizni to‘yimli taom kutib turadi.

Bananli desert

Bananni shunchaki ikkiga bo‘ling, ustidan tabiiy yogurt, myusli va biroz asal soling. Kechasi bilan myusli yogurt va asal bilan to‘yinib, tongda yoqimli va to‘q tutadigan desert tayyor bo‘ladi. Bu juda oddiy, mazali va sog‘lom nonushtadir.

Energetik batonchalar

batonchik-680x375

Zarur masalliqlar

  • 1 stakan suli yormasi;
  • yarim stakan suli uni;
  • 1 hovuch quruq meva;
  • 2—3 bo‘lak achchiq shokoladning qirg‘ichdan o‘tkazilgani;
  • 1/3 stakan sut;
  • 1 osh qoshiq asal;
  • 1 osh qoshiq zaytun yog‘i;
  • ta’bga qarab tuz va koritsa.

Tayyorlanishi

Barcha quruq va suyuq masalliqlarni alohida aralashtiring. Ikkala aralashmani bir-biriga qo‘shib, bir xil shaklga kirguncha yaxshilab aralashtiring.

Tayyor xamirni pishiriq uchun qog‘oz to‘shalgan duxovka listiga 5—7 millimetr qalinlikda yoyib, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 20 daqiqa pishirib oling.

Issiq xamirni batonchiklarga kesib, ularni ag‘daring va yana 5—7 daqiqa duxovkada qoldiring.

Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz