Har qanday bayramni unutilmas qilishning eng oddiy usuli — chiroyli bezalgan tortdir. Maqolada bayram tortini bezatishda qo‘l keladigan 10 ta juda oddiy usulni to‘pladik. Bularni uy sharoitida bemalol amalga oshirish mumkin.
Kichik pirojniylar yordamida yasatilgan tort.
Rangli beze bu borada juda qo‘l keladi.
Tezkorlik bilan tort bezatish kerak bo‘lsa, KitKat va M&M’s yordamga keladi.
Biroq eng ishonchli variant — mevalardir.
Shuningdek, shokoladli konfetlardan ham foydalanish mumkin.
Hatto, pechene ham fantaziyangiz yordamida chiroyli bezakka aylanadi.
Ikkita uzun cho‘p, M&M’s va rangli qog‘oz yordamida esa mana bunday o‘ziga xos dekoratsiya yuzaga keladi.
Sharchalar va yog‘och cho‘plar oddiy tortga ham bayram shukuhini beradi.
Tort xamiriga oziq-ovqat bo‘yog‘ini solib, kremi ustidan esa rang-barang donachalarni sepib qo‘yish ham mumkin.
Rang-barang kokos qirindisi esa tort bezashda ajoyib topilma.
Eng oddiy, shu bilan birga juda foydali bezak — yong‘oqdir.
Umuman, fantaziyangiz yordamida qo‘lingiz ostidagi har qanday narsa bilan tortni bayramona ko‘rinishga keltirish mumkin.
Maqolani tayyorlashda “Xitrosti jizni” nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.