Toshkentda 2017 yilning 15 noyabridan 2018 yilning 15 yanvariga qadar «Italiya modasi 60 yoshda» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Daryo.uz.
Ko‘rgazma O‘zbekiston davlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmaning ochilishi har yili o‘tkaziladigan Toshkent moda haftaligiga to‘g‘ri keladi. U «Osiyo ramzi» O‘zbekiston dizeynerlari assotsiatsiyasi hamda Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda birinchi bor tashkillashtirilmoqda.
Ko‘rgazmadagi ekspozitsiyalar Italiya modasining tarixi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Roberta di Camerino, Galitzine, Prada, Giorgio Armani, Brioni, Versace va boshqa mashhur brendlarning kiyim va aksessuarlari namoyish etiladi.
Namoyish etiladigan barcha eksponatlar modalar uyi arxivi, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ajratilgan.