Bilasizmi?

Toshkentda yangi universitet ochiladi

Toshkentda tez orada yangi oliy ta’lim muassasasi — Toshkent davlat geologiya qidiruv universiteti ochiladi. Universitet xalqaro talablar va standartlar asosida geologiya sohasida malakali kadrlarni tayyorlash ishlari bilan shug‘ullanadi.

Bugungi kunda ushbu sohada ishlar ancha murakkabdir, sohada tizimli yondoshuv mavjud emas, shuningdek oliygohlar va geologik qidiruv tashkilotlari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilmagan.

Talabalarni universitetga kelgusi yilda qabul qilish rejalashtirilmoqda. Shuning uchun 2018/2019 o‘quv yillarida Milliy universitet, Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik institutiga geologik mutaxassislik va yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarni qabul qilishni to‘xtatish choralari ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu oliygohlarda tahsil olayotgan talabalar yangi universitetga maxsus imtihon asosida qabul qilinadi. Imtihondan o‘ta olmaganlar oliygoh tomonidan boshqa talab qilinadigan yo‘nalishlarga taqsimlanadi.

Yangi universitetga 3 ta oliygohlar ta’lim tuzilmalarini va Olmazor politexnika va standartizatsiya kolleji berish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu kollej Olmazor geologik kollejga aylantirilib, geologik sohasiga kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtiriladi.

Geologik yo‘nalishlarida tahsil olayotgan tinglovchilar yangilangan kollejga o‘z sohalari bo‘yicha qabul qilinadi, qolganlar esa oliygoh tomonidan boshqa sohaviy kollejlarda tahsil olishni davom etadilar.

Universitetda geologiya ilm fani va ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturlarni joriy etish maqsadida ularga mineral resurclari instituti labaratoriyalari va "Gidroingeo" va Xabib Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti biriktiriladi.

Bundan tashqari, universitetga bepul tarzda Toshkent viloyatidagi "Oqsoq ota" va "Brichmulla" o‘quv poligonlari beriladi.

Bundan avval O‘zbekiston prezidenti respublikada geologik qidiruv sohasida maxsus oliy ta’lim muassasa ochish zarurligini aytib o‘tgandi. Jumladan, Mirziyoyev Davlat geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitasi huzurida yangi oliygohni tashkil etish tashabbusini bildirgandi.