Mazasiga baho bering...
Zarur masalliqlar: 500 gr. tovuq go‘shti, 200 gr. qo‘ziqorin, 50 gr. smetana, 1 ta piyoz, o‘simlik yog‘i, tuz, murch. Garnir uchun qaynatilgan kartoshka pyuresi.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shtini somoncha shaklida to‘g‘rab, tuz va murch bilan aralashtiring. Qo‘ziqorinlarni avval tuzsiz suvda bir oz qaynatib olib, so‘ngra suvidan silqing.
2. Piyozni mayda to‘g‘rab, tovada qovuring. Ustidan tovuq go‘shti va qo‘ziqorinni іam solib, qovurishda davom eting. 15-20 daqiqa o‘rta olovda pishgach smetanani solib, olovni pastlang va 10 daqiqaga dimlab qo‘ying.
3. Qaynatilgan kartoshka pyuresini likopchaga solib, yoniga tovuqli toblamadan qo‘shing. Mazkur taom yaqinlaringiz uchun manzur bo‘ladi.
Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa
Manba: Darakchi.uz