Quyidagi mashqlarni muntazam bajarib borsangiz, qorin mushaklarini chiniqtirib, taranglashishiga erishishingiz mumkin.
1. Yon tarafingiz bilan yoting. Avval o‘ng, so‘ng chap oyoqni yuqoriga ko‘tarib, qaychi mashqini bajaring. Bu mashq bo‘ksadan qorin mushaklariga zo‘riqish tushishini ta’minlaydi.
2. Kukrak bilan yoting. Nafas olganda qorin mushaklarini ichkariga torting. Nafas chiqarganda bo‘shating. Mashqni 6-8 marta bajarasiz.
3. Yon tarafingiz bilan yoting. Bosh salgina ko‘tarilgan, oyoq tizzasini bukib, oldinga harakatlantiring.
4. Oyoq tizzasi va qo‘l kaftiga tirangancha mashq gilamchasiga joylashing. Sanoq boshida chap qo‘l va o‘ng oyoqni yuqoriga ko‘tarib, tushiring. Mashqni o‘ng qo‘l va chap oyoq bilan ham bajarasiz. Takroriyligi 8 marta.
5. Devorga suyaning. O‘tirib-turish mashqini bajaring. 8 marta.
VAZN BILAN KURAShIShGA YoRDAM BERADI
– Farzandingiz bilan bir kunda ikki mahal sayyor qiling. Ertalab va kechqurun. Piyoda yurish kun davomida iste’mol qilingan mahsulotlar kaloriyasini parchalashda yordam beradi.
– Emizikli ayollar bir kunda o‘rtacha 500 kilokaloriyani yo‘qotishadi. Ishonish qiyin-a?! Biroq haqiqatan ham shunday. Shu bois ham bolani ko‘proq emizish tavsiya etiladi.
– Taomlanganda sabzavotlarga e’tibor bering. Xamirli taomlarni cheklang. Oz-ozdan tez-tez ovqatlaning.
– Ko‘proq suv iching. Gazsiz yoki qaynatib tindirilgan suv ayni muddao.
Manba: Darakchi.uz