Bilasizmi?

Turkman ayollariga nega soch va kipriklarini bo‘yash taqiqlanmoqda?

Turkman ayollari, xususan, poytaxt Ashxobod shahrida davlat tashkilotlari va muassasalarida ishlaydigan xotin-qizlarga sochlari va kipriklarini bo‘yash, shuningdek, tirnoqlariga rasm chizish va tilla taqinchoqlar taqish taqiqlangan, deb yozadi Qalampir.uz.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning mart oyidan boshlab Ashxoboddagi sartaroshxona va go‘zallik salonlariga soch bo‘yoqlari, sun’iy kipriklar va tirnoqlarni xizmat ro‘yxatidan chiqarib tashlash tavsiya qilingan.

Bundan tashqari, mamlakatga bunday maxsulotlarning kiritilishiga Bojxona xizmati tomonidan taqiq qo‘yilgani natijasida ushbu maxsulotlar narxi keskin oshib ketgani ta’kidlanmoqda.

Hukumat ushbu tadbirni turkman milliy urf-odatlari qadrsizlanishining oldini olish va turkman ayollarining an’anaviy qadriyatlarga mos ko‘rinishga ega bo‘lishini targ‘ib qilish maqsadida amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq, hukumat tomgonidan turkman ayollariga avtomobil boshqarish taqiqlab qo‘yilgan edi.

Ikrom Rahmon