Oshxona

Tuxum va qo‘ziqorindan salat - albatta tayyorlab ko‘ring!

Zarur masalliqlar (6-8 kishilik): 5-6 dona qaynatilgan tuxum, 100-150 gr. quritilgan qo‘ziqorin, 1 bosh piyoz, 50 gr. sariyog‘, mayonez, tuz, murch, bezak uchun ko‘k piyoz.

Tayyorlanishi: 1. Quritilgan qo‘ziqorinlarni idishga solib, ustidan 1 stakan qaynagan suv soling va 15-20 daqiqaga qoldiring. So‘ng suvini silqib, mayda to‘rtburchak shaklida to‘g‘rang.

2. Piyozni maydalab to‘g‘rab, sariyog‘ solingan tovada 10 daqiqa qovuring. So‘ng to‘g‘ralgan qo‘ziqorinni solib, yana 10 daqiqa o‘rta olovda qovurishni davom ettiring.

3. Qaynatilgan tuxumni ikkiga ajratib, sarig‘ini alohida oling. Qovurilgan masalliqlarga tuxum sarig‘i, mayonez, tuz va murchni qo‘shib, sanchqi yordamida ezib, aralashtiring. Ikkiga ajratilgan tuxum bo‘laklarini 1 osh qoshiq aralashma bilan to‘ldirib, likopchaga tering va ustini ko‘k piyoz bilan bezating.

Tayyorlanish vaqti: 20 daqiqa.

Manba: Darakchi.uz