Bilasizmi?

Tuzalishni istovchi bemorlarga quvvat bag‘ishlovchi meva

Anjir har qanday maxsus parhez taomining bir chekkasidan joy olishi mumkin. Anjir tarkibida tabiatan yog‘, natriy yoki xolesterin bo‘lmasligi, lekin ko‘p miqdorda tola bo‘lishi tufayli, u ozishga harakat qilayotganlar uchun ideal taomdir.

  • Anjirda kalsiy miqdori juda baland: kalsiy miqdori bo‘yicha anjir apelsindan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Bir yashik quritilgan anjir bir bidon sutda mavjud kalsiy miqdoriga ega.
  • Anjir uzoq vaqt kasal bo‘lgan va tuzalishni istovchi bemorlarga kuch va quvvat beruvchi dori hisoblanadi. U jismoniy va aqliy charchoqni bartaraf qiladi.
  • Anjirning eng muhim ozuqaviy tarkibi qand bo‘lib, u barcha mevalarning 51-74%ini tashkil etadi. Anjir qand miqdori eng ko‘p mevalardan biridir.
  • Anjir astma, yo‘tal va shamollashni davolashda ham tavsiya etiladi.

Insonga ma’lum eng qadimiy mevalardan biri bo‘lgan anjir oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta kashf qilindi. Bu mevaning ozuqaviy qimmati va uning sog‘likka nisbatan foydalari uning butunlay yangi ahamiyat kasb etishiga olib keldi.

Manba: Darakchi.uz