Salomatlik

​Umurtqangizga og‘irlik tushirishdan ehtiyot bo‘ling!

Ma’lumki, inson harakatidagi og‘irlik avvalambor umurtqaga tushadi. Shuni unutmaslik kerakki, bosh suyagimiz, qo‘l-oyoq suyaklarimizning sog‘lom bo‘lishi ham umurtqaga bog‘liq. Umurtqaning inson uchun yana bir muhim xizmati bor. Odamning miyasi umurtqa qayishqoq g‘ilofi ichiga joylashgan, umurtqalar shaklan bir xil ko‘rinsa ham, katta-kichik hajmda bo‘lib, bir-biri bilan yumshoq tog‘aylar orqali biriktirilgan, bamisoli tik turgan ustunga o‘xshaydi. Shu ustun ichiga oq-sariq miya suyuqligi joylashadi.

Bosh miya odamning barcha fikr-o‘ylarini, sezgilarini shuningdek, ichki a’zolar ishini boshqarsa, umurtqa ichiga joylashgan orqa miya tanamizdagi barcha a’zolarimizning jismoniy harakatini boshqaradi.

Shunga ko‘ra, umurtqa yuqoridan pastga tomon bo‘linmalardan iborat, bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza, quymich kabilar shular jumlasidandir. Bu bo‘linmalarning har biri o‘ziga xos vazifani bajaradi. Masalan, yelkadan boshgacha bo‘lgan oraliqdagi 7 ta bo‘yin umurtqasi boshimizni, ko‘zimizni, qulog‘imizni, burnimizni va og‘zimizning salomatligiga aloqador. Kimki har kuni boshini chapga, o‘nga burib va o‘z o‘qi atrofida aylantirib, bosh, bo‘yin uchun turli badantarbiya mashqlarini bajarsa, uning bosh va bosh atrofidagi a’zolariga ijobiy ta’sir qiladi, sog‘ligi yaxshilanadi.

Umurtqaning pastqi qismida, ya’ni beldan to dumg‘aza — quymichgacha bo‘lgan masofada joylashgan 7 ta umurtqa oyoq, bel salomatligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador. Demak, kimki har kuni yoki ikki kunda bir loaqal 3 kunda bir bo‘lsa ham, atigi 10-15 daqiqa sekin, lo‘killab yugursa-yu, so‘ng tizzalarini egmagan holda qo‘l kaftlarini yerga bir necha bor egilib, tegizsa, u odamning umurtqasi, beli, oyoqlari doimo sog‘-salomat bo‘ladi.

Ko‘krak umurtqalari joylashgan yer ko‘krak qafasi hisoblanadi. Undagi qovurg‘alarimiz umurtqaga tutashgan bo‘lib, bamisoli ichki a’zolarimizni asrab turuvchi «qo‘llar» hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ko‘krak umurtqalari shikastlansa, ko‘krak qafasida ham xastalik paydo bo‘ladi.

Hamma suyaklar qatori umurtqa ham oziqlanishga, parvarishga muhtojdir. Xalq tabobatida umurtqa nuri-malham bilan oziqlantiriladi. Bunday ozuqani zamonaviy tibbiyotda «D» vitamini deb atashadi. Nuri-malhamning eng ko‘p manbai kuyosh nuri bo‘lib, kimki yozda ozmi-ko‘pmi umurtqasi ustiga dog‘ qilingan paxta yog‘i surkab, oftobga toblab, qoraytirsa, u odamning umurtqasi dard ko‘rmaydi.

Shuningdek, umurtqani parvarish qilish borasida uning salomatligini ko‘zlab, hech bo‘lmaganda haftada 1-2 marta uni iliq suvga tutib, isitish koni foydadir.

Bordi-yu, biron-bir sababga ko‘ra umurtqa shikastlansa, uning ustiga ataladan quyuqroq holda mo‘miyoni 10-15 kun surkab, kuniga 1 grammni iliq suvda eritib ichib turilsa, mutloq shifo topib ketishga yuz foiz kafolat bor.

Manba: Darakchi.uz