Foydali
Kerak: 500 gr. quruq mevalar (o‘rik turshagi, olma va olxo‘ri qoqisi), 1 stakan yong‘oq, 1 hovuch bodom, 1-2 osh qoshiq asal.
Tayyorlanishi: o‘rik turshagi va olxo‘ri qoqini qaynoq suvga solib, 5-10 daqiqa ivitib qo‘ying. Yong‘oq va quritilgan mevalarni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazib, asal soling. Maydalangan bodom qo‘shing-da, «shar»chalar yasang.
Mazali
Kerak: 75 gr. shokolad, 5 donadan danaksiz o‘rik turshagi va yong‘oq, 1 osh qoshiq sut, yarim choy qoshiq asal, kakao, kunjut.
Tayyorlanishi: shokoladni maydalab to‘g‘rab, sut soling-da, suv bug‘ida eriting. Turshak va yong‘oqni maydalang. Eritilgan shokoladga qo‘shib, asal soling. Aralashmadan «shar»chalar yasab, kakaoga belab oling-da, kunjut seping.
«Rafaello»
Kerak: 250 ml. quyiltirilgan sut, 50 grammdan kokos qirindisi va funduk yong‘og‘i, 25 gr. sariyog‘.
Tayyorlanishi: yumshatilgan sariyoqqa quyiltirilgan sut va kokos qirindisi qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Aralashmani 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying. O‘rtasiga 1 donadan funduk yong‘og‘i solib, kremdan «shar»chalar yasang. Konfetlarni 15 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
Betakror ta’m
Kerak: 500 gr. tvorog, 100 grammdan o‘rik turshagi va shokolad, 75 gr. yong‘oq.
Tayyorlanishi: o‘rik turshagi va yong‘oqni ezing. Tvorogni ham sanchqi yordamida ezib, yong‘oq va o‘rik turshagi soling. «Shar»chalar yasab, muzlatkichga qo‘ying. Shokoladni suv bug‘ida eritib, «shar»chalarni belab oling-da, yana biroz muddat muzlatkichda qoldiring.
Manba: Darakchi.uz