Siz uyda bor kuchingiz bilan shinamlik va qulaylikni saqlashga urinayotgan paytingizda, ko‘zga xunuk ko‘rinib, butun manzarani buzayotgan buyumlar yoki detallar hammaning uyida topiladi. Masalan, kompyuter yoki boshqa texnika simlari, ventilyatsiya panjarasi — bularni qanday qilib nazardan xoli qilish mumkin? Bu haqda maqolada o‘qishingiz mumkin.
Kirlar solib qo‘yiladigan savatlarni komodning chuqur tortmalariga joylashtirish mumkin.
Modem va routerlarni poyabzaldan bo‘shagan chiroyli qutilarga yashirish mumkin.
Bu maqsad uchun eski kitob muqovasi ham qo‘l keladi.
Qog‘oz sochiq o‘ramini mana bunday chiroyli tokcha bilan to‘sib qo‘yish mumkin.
Vannaxonada suyuq sovun, shampun va boshqa yuvinish vositalarini shaffof idishchalarga joylashtiring.
Chiroyli gilamcha yordamida ventilyatsiya teshigiga o‘rnatilgan panjarani ko‘zdan xoli qilish mumkin.
Televizor simini yashirishda mana bunday romlardan foydalaning.
Rom o‘rnatish iloji bo‘lmasa, simlarni ham devor bezagiga aylantirish yo‘li bor, buning uchun maxsus qisqichlardan foydalanish kifoya.
Stol ortidagi chalkash simlarni yashirish uchun stol orqasiga qora mato osib qo‘ying.
Siz qurilmalarni zaryadlaydigan pilotni tortmaga joylashtiring. Shunda quvvat olayotgan gadjetlar ham ko‘zga tashlanmaydi.