Bilasizmi?

Uyda pashsha, chivin va suvaraklardan qutulish uchun samarali vosita tayyorlaymiz

Chivin, suvarak va pashshalar uyingizning pashshaxo‘rda mehmonlariga aylanib qoldimi? Hamma vositalarni qo‘llab ko‘rsangiz ham natija bo‘lmayaptimi? Unda ishonchli usullar yordamida harakat qilishning vaqti keldi!

Uyingizni bor-yo‘g‘i ikki soat ichida hayotingizni zaharlayotgan jonga teguvchi hasharotlardan tozalashni xohlaysizmi?

Biz sizning e’tiboringizga odamlar va uy hayvonlari uchun mutlaqo zararsizligi bilan muhim hisoblanuvchi, uyda tayyorlash mumkin bo‘lgan oddiy va samarali vositani havola qilmoqchimiz.

  1. Yarim piyoladan sirka, shampun va o‘simlik yog‘larini oling. Ularni aralashtiring.
  2. Hosil bo‘lgan aralashmani purkagich o‘rnatilgan idish ichiga quying. Aralashma yetarlicha aralashishi uchun idishni yaxshilab silkiting.
  3. Vositani hasharotlar yashaydigan joylarga seping.

Manba: Daryo.uz