Bilasizmi?

Uyni konditsionersiz salqinlatishning 7 usuli

Forum Daily jazirama yoz kunlarida uyni konditsionersiz salqinlatishga yordam beradigan foydali maslahatlarni to‘plab taqdim etdi.

Ventilyatorni yoqing

Muz bo‘lagi va ventilyator yordamida sun’iy okean shabadasini hosil qilish mumkin. Bunda shunchaki muz solingan likopchani ventilyator qarshisiga qo‘yish kifoya.

Shiftga soat strelkalariga qarama-qarshi aylanuvchi veltilyator o‘rnating

Yoz kunlarida ventilyator parraklari soat strelkasiga qarama-qarshi aylanishi lozim, bu havo oqimini pastga haydashga yordam beradi. Kun juda isib ketsa, ventilyator tezligini oshiring.

Pardani sovutishga urinib ko‘ring

Ayrim hollarda derazalarni ochish — xonaning salqinlashiga yordam bermaydi. Bu kabi holatda deraza pardasiga muzdek suv seping. Tashqaridan kirayotgan havo nam mato orqali o‘tib, haroratni pasaytirishga xizmat qiladi.

Qo‘lbola konditsioner yasang

Ventilyator, 3/8 mis g‘altak, suv nasosi, muz, kuller va plastik trubalar yordamida qo‘lbola konditsioner yasash mumkin. Bu boradagi tavsiya bilan quyidagi videoda tanishish mumkin.

Vannaxonadagi ventilyatorni yoqing

Vannaxonadagi, shuningdek, oshxonadagi ventilyatorlar uy ichidagi issiq havoni tortib olishda xizmat qilishi mumkin.

Izolyasiyalangan plyonkalardan foydalaning

Oynaga mo‘ljallangan plyonkalarning bir qator afzalliklari bor. U himoyalanmagan oynalarga qaraganda infraqizil issiqlik uzatilishini 98 foizgacha ta’minlay oladi va uy ichidagi haroratni pasaytirishga qodir.

Sovutuvchi geliyli yostiqlarni xarid qiling

Tana haroratingizni pasaytirish uchun sovutuvchi geliyli yostiqchalardan foydalanib ko‘ring.

Manba: Daryo.uz