Bilasizmi?

Uzoq vaqt uxlash hayot uchun xavfli deb topildi

Tavsiya etilgan 7-8 soatdan ko‘p uxlash bevaqt o‘lim xavfini oshirar ekan. Buyuk Britaniyaning Kil universiteti olimlari ana shunday xulosaga keldi, deb yoziladi Journal of the American Heart Association jurnalida.

Mutaxassislar uch milliondan ortiq kishi ishtirok etgan 74 ta tadqiqotdan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishdi. Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 10 soatdan ziyod uxlaydiganlarda bevaqt o‘lim xavfi qariyb 8 soat uxlaydiganlarga nisbatan 30 foiz ko‘p ekanligi aniqlandi.

O‘n soatlik uyqu insultdan o‘lish xatarini 56 foiz, yurak-qon tomir kasalliklardan vafot etish xavfini 49 foiz oshiradi. Sifatsiz uyqu yurak yetishmovchiligini 44 foizga ko‘paytirar ekan.

Uyqu uchun belgilangan normaga rioya etmaslik yurak kasalliklari rivojlanishini ham oshiradi. Olimlar shifokorlarga bemorlar bilan konsultatsiya jarayonida ularning uyqu sifati hamda soatlar soniga ko‘proq e’tibor berishlarini tavsiya qildi.

Manba: Xs.uz