Agar muntazam ravishda tozalash ishlarini amalga oshirsangiz, mikroblar siz uchun qo‘rqinchli emas. Bugun siz vannaxonada tartib va tozalikni saqlab turishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar bilan tanishasiz.
-
Vannaxonaga matoli parda iling va uni bioplyonkalar paydo bo‘lishi va o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eng yuqori haroratda yuving
Bioplyonka — biror-bir yuzada joylashgan va hujayralari bir-biriga bog‘langan ko‘plab mikroorganizmlar. Tadqiqotlarga ko‘ra vannaxona uchun vinilli pardalar bakteriyalar paydo bo‘lishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.
-
Unitazga ¼ stakan xlorli oqartiruvchi quying va yuvishdan oldin bir necha daqiqa qoldiring. Bu tadbirni har hafta o‘tkazing
Unitaz – bakteriyalar to‘planadigan joy ekanligini unutmang, shuning uchun uni muntazam ravishda tozalab turish lozim.
-
Unitaz uchun hapdorilar qiling
Buning uchun sizga: 1 stakan soda, ¼ stakan limon kislotasi, 1 osh qoshiq sovun kerak bo‘ladi. Ularning hammasini aralashtiring, formachalarga quying va qotishini kuting. Bir haftada bir necha marta bir donadan unitaz ichiga tashlang va 20 daqiqadan keyin suv oqizing.
-
Cho‘tkani ochiq va tik holatda saqlang
Agar cho‘tkani konteyner ichida saqlasangiz, bakteriyalarning sevgan muhiti – namlik paydo bo‘ladi. Har 3-4 oyda cho‘tkani almashtiring.
-
Muntazam ravishda tish cho‘tkalari turadigan idishni issiq suv va sovun bilan yuving
Tish cho‘tkalari turadigan idish bakteriyalarning vannaxonadagi eng sevimli joyi hisoblanadi.
-
Har hafta rakovinaning suv oqadigan trubasini xlorli vosita bilan yuving
Bu chora ifloslanishning oldini olish uchun zarur. Xlor bakteriyalarni o‘ldiradi, shuning uchun rakovinani suvga to‘ldiring va 1 stakan xlorli vosita quying. 10 daqiqadan so‘ng suvni oqizing.
-
Vannaning suv oqadigan trubasi ichiga 1 stakan osh sodasi seping, keyin esa 1 stakan sirka quying
Yoqimsiz hidni ketkazishning eng yaxshi yo‘li. Sodani 5 daqiqa qoldiring, keyin sirkani quying, 10 daqiqadan keyin issiq suv bilan yuving.
-
Vannani timyan va evkalipt efir yog‘lari bilan yuving
Bu yog‘lar oltinrang stafilokokk bilan kurashishda benihoya samaralidir.
Oltinrang stafilokokk – teri infeksiyasini keltirib chiqaradigan bakteriya. Ko‘pincha bu dushman bizni vannada kutib turadi, undan xlor yordamida qutulish mumkin. Lekin u zaharli. Eng yaxshi o‘rnini bosuvchilar – timyan va evkalipt efir yog‘lari hisoblanadi.
Endi siz hammasini bilib oldingiz. Vannaxona tozaligini nazorat qilishni o‘z zimmangizga oling.
Manba: Daryo.uz