Kerakli masalliqlar:
1. Un - 3 stakan. 2. Margarin - 350 gr. 3. Smetana - 200 gr. 4. Shakar - 1 piyola 5. Tuxum - 5 ta 6. Yong‘oq - 1 stakan. 7. Qaynatilgan sut (varenniy iris) - 1 banka. 8. Razrixlitel - 1 pachka.
Tayyorlanishi:
Un bilan 300 gr. margarin uqalanadi. Smetanaga razrixlitel, 5ta tuxum sarig‘i solib, unli massaga qo‘shib xamir qoriladi. Xamir 3 zuvalaga bo‘linib, 30 daqiqa tindiriladi. 5 ta tuxum oqi 1 piyola shakar bilan bize qilinadi.
Birinchi zuvala yoyilib, ustiga bize surtib, maydalangan yong‘oq sepiladi. Va duxovkada qizargunicha pishiriladi. Qolgan zuvalalar ham shunday pishiriladi.
50 gr. margarin 1 banka iris bilan mikser yordamida aralashtirilib, krem holiga keltiriladi. Pishgan zuvalalar orasiga krem surtib, yopishtiriladi. Shu kremdan pishiriq ustiga bezak beriladi.
Yoqimli ishtaha! Manba: Beka.Uz