Salomatlik

Xavfli belgilar: qalqonsimon bezni tekshirish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?

Gipotireoz va tireotoksikoz – qalqonsimon bezdagi garmonlarning kam yoki ortiqchaligi organizmdagi moddalar almashinuviga ta’sir qilishi natijasida sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Qalqonsimon bezni tekshirtirishga sabab bo‘ladigan yana qanday belgilar mavjud?

Siz haddan tashqari serjahlsiz

O‘zingiz xohlamagan holda, oddiy narsalardan ham achchig‘ingiz tez chiqadi, gap ko‘tara olmaydigan bo‘lib qolgansiz. Gohida bu achchiqlanish va jahlni o‘zingiz ham nazorat qila olmaysiz.

Siz «tormoz»dasiz

Ertalabdan o‘zingizda charchoqni, lanjlikni his qilasiz. Biror narsani tushunishingiz, esda saqlashingiz qiyinlashadi.

Kayfiyatingiz tez-tez o‘zgaradi

Xuddi boshingiz ichida 4 xil – sangvinik, flegmatik, melanxolik va xolerik odamlar joylashib olib, bir-biri bilan jang qilayotgandek, kayfiyatingiz goh yaxshi va gohida yomon bo‘ladi.

Issiqqa ham, sovuqqa ham chidolmaysiz

Ob-havoning o‘zgarishi ham sizga yomon ta’sir qiladi: bosh og‘rishi, bosh aylanishi va hokazolarga sabab bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz