Oshxona

Xitoycha taom - tovuq go‘shti va baqlajondan

Zarur masalliqlar: 800 gr. tovuq go‘shti (suyaksiz), 4 ta baqlajon, 3 osh qoshiqdan soya sousi va shakar, 1 osh qoshiq zanjabil, 1 choy qoshiqdan sirka, kunjut, kraxmal va qizil qalampir, 1 bo‘lak sarimsoqpiyoz, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shti va baqlajonlarni uzunasiga 1 sm. qalinlikda to‘g‘rang.

2. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida balandda olovda tovuq go‘shtini qovurib oling. Keyin alohida idishga solib olib qo‘ying. Baqlajonlarni ham qovuring. Zanjabil, sarimsoqpiyoz va 3 osh qoshiq suv soling. Qaynab chiqqach, olovni pasaytiring.

3. Alohida idishda soya sousi, sirka, kujut, kraxmal, murch va shakarni aralashtiring. Tovuq go‘shtini baqlajonga qo‘shing-da, sousni soling. Qaynab chiqqach, to taomning suvi yo‘qolguncha past olovda qoldiring. Tayyor bo‘lgach, dimlangan guruch bilan dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat

4 kishilik.

Manba:Darakchi.uz