Xom baliq ko‘pgina jiddiy kaslliklar keltirib chiqarishi mumkin. Chunki unda turli gelmintlar bo‘lishi ehtimoli yuqori. Parazitlar esa yurak qon tomir tizimi, nafas yo‘llari, asab tizimini zararlaydi. Bu o‘z navbatida immun tizimini zaiflashtiradi. Tez-tez xom baliq yeyish oshqozon osti bezi va jigarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va hatto saratonga olib kelishi mumkin.
XOLESTERINNI KAMAYTIRADI
Baliq tarkibidagi omega-3 va omega-6 yog‘lari miya faoliyatini yaxshilovchi moddalarga boy, yurak qon tomir tizimi uchun foydali. Aynan baliq tarkibidagi yog‘lar tufayli qonda xolesterin miqdori tushib, insult xavfi kamayadi.
ZARARI
- Baliq suv tarkibidagi barcha toksinlar bilan to‘yingan. Shuning uchun havza va ko‘llardan tutilgan emas, daryo va dengiz baliqlaridan iste’mol qilish tavsiya etiladi.
- Fermalarda yetishtirilayotgan baliqlar ozuqasi tarkibida ko‘p kimyoviy qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin.
- Ayrim bolalarda dengiz mahsulotlari allergiya keltirib chiqaradi.
FOYDASI
- Ko‘p sportchilar go‘shtdan ko‘ra baliq iste’mol qilishni ma’qul ko‘radilar. Chunki uning tarkibida oqsil ko‘p va u boshqa go‘sht turlariga nisbatan oson hazm bo‘ladi.
- Modda almashinuvini yaxshilaydi. Qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Asab tizimi faoliyatini me’yorlashtiradi.
- Tish, soch va tirnoqqa foydali.
- Ko‘rish qobiliyatni yaxshilaydi.
- Parhezdagilar uchun ham u koni foyda. Baliq yog‘li bo‘lsada semirtirmaydi.
XARID QILAYoTGANDA
- Yaxshi baliqning o‘ziga xos hidli bo‘lib, dirkillab turadi.
- Tekshirish uchun uni barmoq bilan ezib ko‘ring. Sifatli baliqning barmoq bilan ezilgan joyida o‘yiq bo‘lmasligi lozim.
- Baliqning ko‘zlariga e’tibor bering- u toza va tiniq bo‘lishi shart.
- Iloji boricha muzlatilmagan baliq sotib oling.
- Baliqda sariq, kulrang dog‘lar bo‘lsa, uni xarid qilmaganingiz ma’qul. Chunki bu dog‘lar baliqning kasallanganidan darak beradi.
- Shuningdek baliqning shakliga ham e’tibor bering. Agar u o‘lchamidan cho‘zilgan yoki o‘zgargan bo‘lsa, demak, bir necha marta muzlatilgan. Bunday baliq shubhasiz, foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.
- Yangi baliq yaltirab turishi lozim. Agar sotib olayotganingizda noxush hid sezsangiz, undan ikkilanmay voz keching.
QAYSI BALIQ NIMAGA FOYDA?
- Zog‘ora (sazan) baliqda natriy ko‘p. Shuning uchun u tuzsiz parhez uchun mos. Temir moddasi ham aynan shu baliqda ko‘p.
- Xumbosh baliqni (tolstolob)podagra, gipertoniya, revmatizmda iste’mol qilish foydali.
- Tunets esa artritdan xalos qilish, ozish, ko‘z va miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.