Maqolada o‘zbek oshining xorazmcha turini pishirish usuli bilan tanishasiz.
Zarur masalliqlar:
- 1 kg guruch
- 1 kg sabzi
- 1 kg go‘sht
- 1—2 bosh piyoz
- 250 g yog‘
- 2—3 bosh sarimsoqpiyoz
Avvalo, to‘g‘ralgan go‘shtni tuzlab, o‘rtacha olovda qizdirilgan yog‘da och jigarrang tusga kirguncha qovuramiz.
Go‘sht ustidan piyozni solib, piyoz tillarang tusga kirguncha qovuramiz.
Piyoz qizargandan so‘ng, go‘shtni botadigan qilib issiq suv quyib biroz qaynatamiz.
Uning ustidan somon shaklida to‘g‘ralgan sabzini qatlam qilib solamiz, ta’bga ko‘ra tuz va boshqa ziravorlar sepamiz.
Qozon qopqog‘ini yopib, zirvagimizni past olovda 2 soat dimlab qo‘yamiz.
2 soatdan so‘ng, yuvilgan guruchni solamiz va aralashtirmasdan, guruch pishgunicha (15—30 daqiqa) qozon qopqog‘ini yopib qo‘yamiz.
Tayyor bo‘lgan palovni qatlam qilib suzamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz