Odam aynan o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qoladi. Masalan, agar siz uchun fizika zerikarli bo‘lsa, unda ta’rif va terminlarni tushunish va eslab qolish uchun ancha vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi.
O‘zingiz yaxshi ko‘rmagan fandagi kerakli ma’lumotni esda saqlash uchun uni bir necha marta o‘qib chiqish va ma’nosini tushunib olish kerak. Biron-bir mavzuni qancha ko‘proq takrorlasak, uni shuncha yaxshiroq esda saqlashimiz bir necha bor isbotlangan.
Esda saqlash kerak bo‘lgan ma’lumotni birma-bir ko‘rib chiqing. Agar sizga formulani yodlash kerak bo‘lsa, unda albatta undan foydalanish misolini ko‘rib chiqing va ma’nosini tushunib oling.
Agar sizga biron-bir matnni o‘rganish kerak bo‘lsa, u holda uning konspektini tuzing. Agar esda saqlashda qandaydir savollar paydo bo‘lsa, unda albatta ularning javobini toping.
Agar odam kerakli ma’lumotlarni o‘zi mustaqil izlab topsa, mavzuni ancha yaxshiroq o‘rganish mumkin. Agar sizga referat yoki darslikdagi qaysidir so‘zlar tushunarsiz bo‘lsa, ularning ma’nosini qarab ko‘rishdan erinmang, shunda eslab qolish osonroq bo‘ladi.
Siz nimanidir qiyinlik bilan eslab qolgan paytlaringizni belgilab qo‘ying va ularning ustida ishlang. O‘zingizga unchalik katta bo‘lmagan shpargalkalar qiling. Lekin ularga hamma ma’lumotlarni yozish shart emas, xotirani o‘stirish uchun umumiy belgilar qo‘yish yoki yozuvlar yozish foydaliroq bo‘ladi, miyangiz esa eng asosiysini o‘zi eslashi kerak.
Biron-bir narsani oling va 30 soniya davomida diqqat bilan undan ko‘zingizni olmasdan yaxshilab qarang. Keyin, ko‘zingizni yumib, ko‘rgan narsaning ko‘rinishini aytib bering. Agar ba’zi qismlarini eslay olmasangiz, u narsaga yana bir marta qarang va xayolingizda o‘sha narsaning ko‘rinishini to‘liq tasavvur qilmaguncha qayta-qayta takrorlang.
Manba: Daryo.uz