Bilasizmi?

Xususiy maktab ochish uchun qanday talablar qo‘yilgan?

Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish ko‘rsatish uchun litsenziya olish lozim. Litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi, deb yozmoqda Kun.uz.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi:

ariza;

yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining xulosalari;

pedagog kadrlar haqida ma’lumot;

o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya da’vogari tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.