Dina Abdulaziz al Saud — Saudiya Arabistoni malikasi. Biroq u mamlakatning oddiy fuqarolaridan farqli o‘laroq, na hijob va na paranji taqadi, deb yozadi “Adme.ru”.
Malika eksklyuziv kiyim-kechaklar do‘koni egasi. Balki shu sababli uning kiyinish uslubi yevropachadir. Odatda u kalta soch turmagi, kalta ko‘ylaklar va ekstravagant qiyofada yuradi.
Malikaning “D’NA” eksklyuziv butigiga faqat uning shaxsiy taklifi bilan mijoz bo‘lish mumkin. Butik uchun kiyimlarni u o‘z didi va musulmon dunyosi an’analari asosida shaxsan o‘zi tanlaydi.
Dina ko‘p yillar Nyu-Yorkda yashagan, bu ham uning uslubiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lsa ajab emas.
Dina Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Nosir bin Abdulaziz al Saudning rafiqasi. Ularning bir qizi va egizak o‘g‘illari bor.