Zarur masalliqlar: 500 ml. zardob, 200 gr. qaynatilgan tovuq go‘shti, 100 gr. konservalangan makkajo‘xori, 3 dona qaynatilgan tuxum, bittadan bodring va qaynatilgan kartoshka, yarim bog‘ shivit, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go‘shtini terisini olib tashlab, to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Bodringni ham po‘stidan tozalab xuddi shu shaklda bo‘laklaysiz.
2. Qaynatilgan kartoshka va tuxumni ham to‘rtburchak shaklda to‘g‘raysiz.
3. To‘g‘ralgan masalliqlarni aralashtirib, maydalangan shivit va konservalangan makkajo‘xorini qo‘shing. Keyin zardobni quyib, tuz seping-da, yarim soat muzlatkichda qoldiring.
2 kishilik
45 daqiqa
Manba: Darakchi.uz