Zarur masalliqlar: 150 gr. pishloq yoki brinza, 3 ta bulg‘or qalampiri, 4 osh qoshiq zaytun yog‘i, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, yarimta limon sharbati va po‘sti, shivit, petrushka, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Bulg‘or qalampirlarini ikkiga bo‘lib, urug‘laridan tozalang. 2 osh qoshiq zaytun yog‘i surting-da, tovaga solib, gaz pechida 20 daqiqa davomida pishiring. Biroz sovigach, po‘stini olib tashlang, uzunasiga o‘rtacha kattalikda to‘g‘rang.
2. Sarimsoqpiyozni ezing, ko‘katlarni maydalang. Pishloq yoki brinzani kattaroq qilib to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang.
3. Bulg‘or qalampiriga tuz, murch sepib, ko‘katlar va sarimsoqpiyoz bilan aralashtiring. Limon sharbati va zaytun yog‘i ham qo‘shing. Oxirida pishloq yoki brinzani solib, yaxshilab aralashtiring.
Tayyorlanish vaqti: 35 daqiqa.
4 kishilik.
Manba: Darakchi.uz