Bularni eslab qoling:
1.Hech qachon ota-onasini esga olmang.
Gap shundaki, janjalingiz faqat siz va unga tegishli bo‘lishi kerak, shu sababli ota-onasini esga olmang. Ular uchun yetkazilgan ozor shu darajada chuqurki, uzoq yillar ulardan halos bo‘la olmaysiz. Shuningdek, janjalingizda ota-onalarni aralashtirishga yo‘l qo‘ymang. Agar bularning sodir bo‘lsa, muammo nafaqat er yoki ayolga, balki butun oilaga tegishli bo‘ladi. Bunday janjallar juda tezlik bilan dushmanlik va adovatga aylanib ketadi. Agar erkak va ayol o‘rtasida munosabalar tiklanib ketsa ham oilalar o‘rtasida qarama-qarshilik hayotni faqat murakkablashtiradi.
2.Har qanday kuchni ko‘rsatish va zulmdan qoching
Odatda janjallar yaxshi fe’l-atvorlarda, aslzoda ayollarda, xushmuomilali yigitlarda namoyon bo‘lmaydi. Ko‘pincha juftliklar keskin janjallarda so‘z bilan emas, musht bilan olishishga o‘tib ketishadi. Siz qanchalik badjahl va g‘azablangan bo‘lmang, o‘zingiz va yoningizdagi insonga kuch ishlatishga izn bermang. Sevimli insonidan olingan og‘riq o‘rtagizdagi sevgini shunchaki barbod qiladi.
3.Hech qachon ajrashish haqida so‘z ochmang
Bir-biringizga qanday so‘z aytmang, lekin hech qachon ajrashish haqida gapirmang. Bu er yoki xotin tomonidan aytiladigan eng xafa qiladigan so‘zdir. Agar janjallar paytida juftlikda bir inson uni doim tilga olaversa, ish ajrashishgacha borib yetadi. Agar bir-biringizni hanuz sevsangiz, g‘azab olovida ajrashishga yo‘l qo‘ysangiz, bundan butun umr afsus chekishingiz mumkin.
4.Hech qachon janjal paytida uydan chiqib ketmang.
Kinolarda ko‘pincha er/xotin uydan yugurib chiqib ketganda, ikkinchi yarmiga yetib olib, kechirim so‘rashini ko‘rsatadi. Lekin real hayotda buning sodir bo‘lishi dargumon. Janjal paytida uydan chiqib ketish – eng asossiz hatti-harakatdir. Eng yaxshi usul – juftingizning e’tirozlariga indamaslik, u tinchlanganda nizoga barham berishga harakat qiling.
Xurshida Xonim