Sharq faylasuflari fikricha, biz uyda to‘planib qolgan energiya tufayli o‘zimizni baxtsiz his qilamiz. Uyingizda to‘planib qolgan har xil mayda-chuydalardan ozod bo‘lsangiz, yashashingiz osonlashadi va yengil nafas olasiz. O‘zingizni saranjom-sarishta hisoblaysizmi? Ko‘raylikchi, balki sizning uyingizda ortiqcha narsalar yig‘ilib qolgandir?
Kitoblar. Agar o‘zingiz to‘plagan kitoblaringizni yana qaytadan o‘qib chiqish niyatingiz bo‘lmasa, ularni bukinistik bo‘limga topshirishning ayni vaqti. Yoki ularni sotishni xohlamasangiz kerakli joylarga topshirishingiz mumkin.
Bolalar buyumlari. Agar uyingizda o‘zingiz yoki farzandingizga kichkina bo‘lib qolgan kiyimlar, poyabzallar, karavot, keraksiz o‘yinchoqlar bo‘lsa ijtimoiy tarmoqlardagi profil guruhlariga e’lon bering.
Tashlab qo‘yilgan kolleksiya va xobbilar. Bir vaqtlar yig‘ilgan markalar, plastinkalar va shunga o‘xshash mayda-chuydalar to‘planib qolgan bo‘lsa, ulardan ham e’lon orqali qutulishingiz mumkin.
Suvenirlar va sovg‘alar. Har xil yozuvli idishlar, fotoramkalar, statuetka va chang bosib yotgan boshqa buyumlarni ham bemalol o‘ylab o‘tirmasdan tashlab yuborsangiz bo‘ladi.
Qalin pardalar. Ularni yengil matoli pardalarga almashtiring— xonada havo va bo‘sh joy ko‘proq bo‘ladi.
Kvartirani tubdan ta’mirlash shart emas — devorlarini och ranglarga bo‘yashning o‘zi kifoya qiladi.
Manba: Daryo.uz