Oshxona

Yaxna ichimliklar

O‘zbek pazandachiligida yaxna ichimliklar ko‘p, ular ayniqsa, yoz faslida jonga oro kiradi. Bunday ichimliklarning ba’zilari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Ayron

97361515e98e8884b3a9a56ba30e622a

Yog‘i olingan qatiqni iylab, ichiga muz soling. Agar qatiq yog‘liroq bo‘lsa, bunga qaynab sovutilgan suv qo‘shib iylaysiz, nisbati 1 stakan qatiqqa 0,5 stakan suv.

Taomdan so‘ng dasturxonga piyola yoki stakanlarda bir chaqmoqdan muz solingan holda tortiladi.

O‘rik suvi (chuli)

850cf2f7850351c23ab842b493248b41

Oftobda quritilgan turshakni sovuq suvda yuvib, sirli kastryulkaga solasiz-da, suv quyib, bir qaynatib olasiz. Nisbati 1 kg o‘rik qoqiga 2 litr suv. Yuvilgan turshak ustidan qaynoq suv quyib, 10—12 soat qopqog‘i yopilgan holda havoda sovutasiz, so‘ngra sovitgichda saqlaysiz.

Olma yoki nok kompoti

104314665_2749438_kompot_iz_yablok_i_grysh

Olmanimi, noknimi olib, sovuq suvda yuvib, teng ikkiga bo‘lib, urug‘ini va qurt yegan joylarini olib tashlab, maydaroq bo‘laklarga kesib, limon kislotasi eritilgan suvga bostirib qo‘yasiz. Nisbati 1 kg to‘g‘ralgan meva uchun 2 litr suv va 0,5 choy qoshiq limon kislotasi olinadi. Kastryulkaga 2 litr suv quyib, 1 stakan shakar solinadi, qaynab chiqqach, mevani chovlida suzib olib, qo‘shib yuboring va yana 10—15 minut to olma (nok) yumshaguncha qaynatasiz. So‘ngra havoda yoki suvda sovitib, sovitgichga qo‘yasiz.

Olcha bilan o‘rik kompoti

6868118450_597a85b80f

Olcha bilan o‘rikni tengma-teng oling, ya’ni unisi ham, bunisi ham bir kosadan bo‘lsin. Sovuq suvda yaxshilab yuving. Kastryulkaga 3 litr suv va 1 stakan shakar solib qaynating, so‘ngra mevalarni tashlab, 10 daqiqacha qaynatasiz. Olovdan olib, qopqog‘i yopilgan holda suvda sovutasiz, so‘ngra sovitgichga qo‘yasiz.

Maqolani tayyorlashda Karim Mahmudovning “Ochil dasturxon” kitobidan foydalanildi.