Oshxona

Yepropacha taom — o‘zingiz bemalol pishira olasiz!

Zarur masalliqlar: 400 grammdan yangi kartoshka va mol go‘shti, 2 bosh piyoz, bitta sabzi, 3-4 ta pomidor, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, lavr yaprog‘i, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, yarim bog‘ kashnich va shivit, tuz, qora va qizil murch.

Tayyorlanishi: 1. Yangi kartoshkani po‘stidan tozalab, tuzli suvga soling-da, qaynating.

2. Go‘shtni kichikroq qilib, piyozni yarim halqa, sabzini somoncha shaklida, sarimsoqpiyozni maydalab to‘g‘rang.

3. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida go‘shtni qizartirib qovuring. Tuz, ziravorlardan sepishni unutmang.

4. Sarimsoqpiyoz va piyozni qo‘shgach, 5 daqiqa qovuring-da, 2 stakan suv quying. Qaynab chiqqach, olovni pastlab, 20 daqiqa qopqog‘ini yopib qaynating. Keyin sabzini solasiz. Va 20 daqiqa dimlaysiz. Tuz va murchdan sepib, lavr yaprog‘ini oxirgi daqiqalarda solishni unutmnag.

5. Pomidorni maydalab to‘g‘rab, taomga qo‘shamiz-da, yana 5-7 daqiqa dimlaymiz.

6. Taom pishgach kartoshkani katta bo‘laklarga bo‘lib, go‘shtli qayla bilan dasturxonga torting.

3 kishilik

1 soatu 30 daqiqa

Manba: Darakchi.uz