Farzandingiz yoshiga nisbatan rivojlanishdan ortda qolayotgandek tuyulsa, yod moddasi zahirasini to‘ldirishga kirishing. Yod yetishmasligi bolaning aqliy faoliyati va jinsiy a’zolar rivojlanishiga ham ta’sir etadi. Shuningdek, bolada jizzakilik, ko‘p terlash, ko‘z chanoqlarining kattalashishi kuzatilsa, qalqonsimon bezning endometrik xastalik turi yuzaga kelgani taxmin qilinadi.
Foydasi: qalqonsimon bez faoliyatini tartibga soladi, asab tizimini tinchlantiradi hamda mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, aqliy salohiyatni o‘stiradi.
Kunlik miqdori: bolajoningiz yoshga to‘lmagan bo‘lsa, 90 mkg, 2-6 yoshda bo‘lsa, 110-130 mkg, 7-12 yosh va undan katta bo‘lsa, 130-150 mkg.gacha belgilanishi mumkin.
Me’yordan oshsa: qo‘l-oyoqlarida titrash, jigar va taloqda shish yuzaga kelishi, ko‘ngil aynishi va teri yuzasi sarg‘imtir tusga kirishi mumkin.
Muhim! yod moddasi ko‘pincha V guruh vitaminlari bilan bir vaqtda qabul qilinmaydi. A, S, D vitaminlari (limon, na’matak, olma) bilan esa mos keladi.
Profilaktika: bolajoningizning jismoniy va aqliy salomatligi uchun yod moddasiga boy mahsulotlardan tanlang. Bunda sizga dengiz mahsulotlari, sut, yod moddasi qo‘shilgan osh tuzi, xurmo, yong‘oq kabilarni tavsiya etamiz. Mazkur maµsulotlar bolangiz taomnomasida bo‘lsa, yod yetishmasligi va uning asoratidan kelib chiqadigan kasalliklar xavf solmaydi. Biroq qo‘shimcha preparatlar berishda maµsulotlar miqdorini me’yorda saqlang.
Dorixonalarda: shifokor tavsiyasiga ko‘ra yodomarin (1 tabletkadan ertalab 1 mahal), yodbalans (0,5 tabletkadan ertalab 1 mahal).
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi