Madaniyat

Yog‘li teri va husnbuzarlar

— Yoshim 22 da. Yuzim juda yog‘li bo‘lgani bois husnbuzar juda ko‘p toshadi. Uy sharoitida ularni qanday ketkazish mumkin?

Nazokat

Mahbuba MAMANOVA, kosmetolog: — Yog‘li yuz terisi uchun alohida parvarish zarur. Sizning holatingizda quyidagi usulni tavsiya etishim mumkin. Dorixonadan achchiqtosh kukuni xarid qilib, 1 choy qoshig‘ini 100 gr. qaynatib sovitilgan suvga aralashtirib, husnbuzarlar ustiga surting. Bu muolajani hafta davomida bir kunda 3 mahal bajarsangiz, tez orada husnbuzarlardan xalos bo‘lasiz. Achchiqtosh tarkibiga ko‘ra teridagi yallig‘lanish jarayonlariga ijobiy ta’sir etib, toshmalar yuzasini qotiradi va quritib tushiradi. Chekish ham yuz terisiga salbiy ta’sir etadi. Bu sochlarning ham erta to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi