Zarur masalliqlar (10 kishilik): 225 gr. un, 100 grammdan quritilgan o‘rik, anjir, xurmo, maydalangan yong‘oq va yong‘oq, 125 gr. sariyog‘, 2 dona tuxum, 1 ta banan, 1 paket yumshatgich (razrixlitel), dolchin, shakarli sirop.
Tayyorlanishi: 1. Quritilgan mevalarni maydalab, bananni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rang. Maydalangan yong‘oqning yarmidan ko‘prog‘ini quruq tovada qovuring.
2. Sariyog‘ni xona haroratida yumshatib, shakar va asal aralashtirib, yaxshilab ko‘pirtiring. Keyin un, yumshatgich, dolchin, quritilgan mevalar, qovurilgan yong‘oq va bananni ham qo‘shing.
3. Uzunchoq qolipga qog‘oz salfetka qo‘yib, ustidan xamirni soling-da, maydalangan yong‘oq seping. Keyin 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo‘ying. Pishgach yuziga shakarli sirop surtishingiz mumkin.
Tayyorlanishi: 1 soatu 20 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz