Zarur masalliqlar: xamiriga: 300 gr. un, 200 gr. margarin, 100 gr. shakar, 1 dona tuxum; ichiga solishga: 2,5 stakan maydalangan yong‘oq, 1 stakandan shakar va yog‘li qaymoq, 50 gr. sariyog‘, 2 osh qoshiq asal.
Tayyorlanishi: 1. Xona haroratida eritilgan margarin shakar bilan aralashtirib, tuxum va un qo‘shing. Xamirni sellofan paketga o‘rab, yarim soatga muzlatkichga qo‘ying. So‘ngra aylana shaklda yoyib, qolipga soling-da, bir-ikkita joyiga sanchqi sanching. 180 darajada qizdirligan gaz pechiga 25-30 daqiqaga qo‘ying.
2. Shakarni aralashtirib turgan holda past olovga qo‘ying. Qaymoq, sariyog‘ va asal qo‘shing. Aralashtirishda davom etib, to shokolad rangga kirguncha past olovda qaynating. Oxirida maydalangan yong‘oq qo‘shing.
4. Qaymoqli masalliq biroz sovigach korj ustiga soling-da, pirog yuzini maydalangan yong‘oq bilan bezating. Dasturxonga tortishdan avval biroz muddatga muzlatkichga qo‘ying.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa.
8 kishilik
Manba: Darakchi.uz