Oshxona

Yong‘oqli va kakaoli keks

Ushbu keks tez tayyor bo‘lishi va kam masalliq talab qilishi, shuningdek mayin bo‘lib pishish xususiyati bilan sizning eng sevimli retseptlaringizdan biriga aylanishi shubhasiz. Tarkibidagi yong‘oq esa uni nonushtabop to‘yimli pishiriqqa aylantiradi.

Zarur masalliqlar:

  • 4 ta tuxum
  • 0,5 stakan shakar
  • 50 g margarin
  • 1 choy qoshiq razrixlitel yoki osh sodasi
  • ¾ stakan un
  • 2 osh qoshiq kakao
  • 0,5 ta limon
  • 2 osh qoshiq yong‘oq

Tayyorlanishi:

  1. Xona haroratida yumshagan 50 g margarinni shakarning yarmi (1/4 stakan) bilan vilka yordamida aralashtiramiz.

2

  1. Unga tuxumning sarig‘ini bitta-bitta solib, aralashtirishda davom etamiz.

3

  1. Aralashmaga 2 osh qoshiq maydalangan yong‘oq mag‘zi hamda po‘sti bilan birga qirg‘ichdan o‘tkazilgan yarimta limonni qo‘shamiz.

4

  1. Ustiga ¾ stakan un, 1 choy qoshiq razrixlitel va 2 osh qoshiq kakao solamiz.

5

  1. Qoshiq yordamida barchasini yaxshilab aralashtiramiz.

6

  1. >Endi tuxum oqini ko‘pirtirib olamiz. Buning uchun quruq idishga 4 ta tuxum oqini solib, mikser yordamida dastlab past tezlikda, so‘ng eng yuqori tezlikda ko‘pirtiramiz. Ko‘pik qattiqlashib, oqmaydigan bo‘lganida shakarning qolganini solib, yana ko‘pirtiramiz.

7

  1. So‘ng uni xamirga solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

8

  1. Tayyor xamirni yog‘lab, un sepilgan formaga solamiz.

9

  1. Uni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 20—30 daqiqa davomida pishiramiz.

10

Keks tayyor. Yoqimli ishtaha!

11