Shunday odatlar borki, ular kishining erta qarishiga olib keladi. Xo‘sh, yosh ko‘rinish uchun qanday odatlardan voz kechish talab qilinadi?
Hissiyotlilik
Hissiyotni bildirish ichda saqlashdan ko‘ra yaxshi hisoblansa ham, oqibatda yuzingizda mimik ajinlar paydo bo‘ladi.
Qo‘lqop va quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqmaslik
Bunday odat albatta terining barvaqt qarishiga olib keladi. Chunki quyoshdagi ultrabinafsha nurlar teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘zni ko‘p ishqalash
Bunday odat ko‘z atrofida ajinlar va qoramtir dog‘lar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Burunni uqalash
Bu odat natijasida qizarish, husnbuzarlar va tomirli to‘rlar paydo bo‘lishi mumkin.
Ichimlikni cho‘p yordamida ichish
Ichimlikni cho‘p yordamida ichish oqibatida lablar atrofida to‘g‘rilash qiyin bo‘lgan ajinlar paydo bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz