Madaniyat

Yosh ko‘rinishning biz bilmagan yoki bilgan yo‘llari

*Ayrim iforlarning hidi go‘zal ayollarni yanayam yoshroq ko‘rsatish xususiyatiga ega ekanligi isbotlangan. Masalan, sitrus mevalari va yalpiz qo‘shilgan parfyumeriya vositalari sizni yoshingizga nisbatan ancha navqiron ko‘rsatish xususiyatiga ega. Shuning uchun atir yoki shunga o‘xshash vositalarni tanlayotganingizda ushbu maslahatga amal qilishni unutmaganingiz ma’qul. *Yosh o‘tgan sari terimiz ko‘proq parvarishga muhtoj bo‘ladi. To‘g‘ri tanlangan pardoz vositalari  yuzdagi ajinlarning kamayishiga yordam beradi, ularning paydo bo‘lishining oldini oladi. Demak, yoshroq ko‘rinishni istasangiz qo‘l, yuz, tana uchun alohida pardoz vositalarini diqqat bilan tanlanlashingiz kerak bo‘ladi. *Suv orqali ham ancha yosh ko‘rinish mumkin ekan. Qanday qilib deysizmi? Tanamizning asosiy qismi suvdvn iboratligini yaxshi bilasiz. Ajinlar esa terida namlik yetishmayotganiga ishoradir. Yosh ko‘rinishni xohlaydiganlar ko‘proq tozalangan suv va ko‘k choy ichishlari tavsiya qilinadi. *Yasharishning yana bir usuli bu tanani har xil keraksiz, zaharli moddalardan tozalashdir. Vaqt o‘tishi bilan ular bizning tanamizda judayam ko‘payadi va natijada vujudimiz bor kuchini ularning zahrini bartaraf qilishga sarflaydi va qariydi. Ikki haftalik tanani tozalash parhezlari  sizni anchayin yoshartiradi. *Bularni bajarish uchun sizdan he qanchavaqt talab qilinmaydi. Lekin natijasi sizni albatta quvontirishi aniq. Eng muhimi siz o‘zingizni yosh va go‘zal deb his qilishingiz kerak.

Saida Ibodinova