Madaniyat

Yoz mavsumida ayni urfda bo‘lgan oq liboslarni uyg‘unlashtiramiz

Yoz mavsumida turli rangdagi liboslarni uyg‘un holda kiyishni tajriba qilib ko‘rish mumkin. 2016-yilgi yoz faslida oq rangdagi liboslar eng yaxshi variant hisoblanadi. Ma’lumki, qora rangdagi kiyimlar bu mavsum uchun uncha yaxshi bo‘lmagan tanlov hisoblanadi. Chunki issiq havoda qora ranglar yanada issiq tortishi allaqachon aniqlangan.

Bu yilgi yoz faslida boshdan oyoq oq rangda kiyinib, eng zamonaviylar qatoridan joy olishingiz mumkin. Bir qarashda bir xil rangdagi kiyimlarni kiyish juda zerikarli bo‘lib tuyulishi mumkin. Bunda asosiysi matolarni, qolaversa, turli aksessuarlar va oyoq kiyimni uyg‘unlashtirishdir. Bu bilan siz oq obrazni to‘ldirishingiz mumkin.

Joriy yoz mavsumi uchun oq liboslar bilan bog‘liq bir nechta g‘oyalarni e’tiboringizga havola etamiz. Ular sizga 2016-yilda moda bilan hamnafas bo‘lish uchun bir nechta oq rangdagi liboslarga ega bo‘lish yetarli ekanligini ko‘rsatadi.

Oq ko‘ylak — doim bashanglik belgisi bo‘lib hisoblanadi.

oq libos

To‘r oq liboslarda ajoyib ko‘rinish kasb etadi.

to‘rli

Qordek oq libosni fil suyagi rangi bilan uyg‘unlashtirish mumkin.

fil suyagi

Oq rangdagi yubka va shimlar xarid qilishdan qo‘rqmang, bu juda ham chiroyli.

yubka

Oq sarafan.

oq sarafan

Oq obrazda bitta yorqin elementdan foydalanish mumkin.

shlyapa

Turli matolarni uyg‘unlashtirishni tajriba qilib ko‘ring.

turli matolar

Bu yozda oq kombinezonlar ham juda urfda.

kombenzon