Madaniyat

Yulduzlar ozishdan avval va keyin

Dunyo shou-biznesi vakillari hayoti va faoliyatida tashqi qiyofaga katta ahamiyat beriladi. Kimningdir semirib yoki ozib ketganligi xalqaro OAVda doimo katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. Quyida biz qisqa vaqt ichida keskin ravishda ozishga muvaffaq bo‘lgan ba’zi yulduzlar haqida hikoya qilamiz.

kate-winslet-before-after2-615x487

“Titanik” filmi orqali jahonga tanilgan ingliz aktrisasi Keyt Uinslet ikki farzandli bo‘lganidan keyin ancha semirib ketgan edi. Ammo u 2011-yili Roman Polanskining “Qirg‘in” (Carnage) filmi premerasida yangicha qiyofada namoyon bo‘lib, hammani hayratga soldi. Keyt parhez va fitnes mashg‘ulotlari sharofati bilan 25 kilogrammlik ortiqcha vazndan qutulishga muvaffaq bo‘lgan.

Yulduzlar-615x497

Taniqli musiqachi Ozzi Ozbornning qizi bo‘lmish Kelli Ozborn 3 yil avval 20 kilogrammga ozib, muxlislarini hayron qoldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda hamda aktrisa bo‘lgan Kelli har kuni kamida yarim soat yugurish bilan shug‘ullanadi va faqat yengil taomlar tanovvul qiladi.

Yulduzlar2-615x611

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jessika Simpson 27 kilogramm vazn tashlagan. Hozirda u sport zalida muntazam ravishda shug‘ullanadi.

Yulduzlar3-512x615

Taniqli Ukraina qo‘shiqchisi Ani Lorak ham homiladorlik tufayli ancha semirib ketgan bo‘lishiga qaramay, tez orada 15 kilogrammga ozib, yana avvalgi qomatiga qaytdi. Uning aytishicha, ortiqcha vazn bilan kurashishda eng samarali usul bu — kechki oltidan keyin ovqat yemaslik va sport bilan shug‘ullanishdir.

Yulduzlar1-604x615

Amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Hillari Daf ham homiladorlik tufayli ortiqcha vazn qo‘ygan edi. Lekin pilates va boks mashg‘ulotlari natijasi o‘laroq avvalgidan-da xushbichim gavdaga ega bo‘ldi.

jennifer-hudson-before-after-photos1-560x615

Amerika shou-biznesining yana bir vakili Jennifer Hadson eng hayratlanarli darajada o‘zgargan yulduz bo‘ldi. U asosan parhez tutish va sport mashg‘ulotlari yordamida 40 kilogrammga yaqin ortiqcha vazndan xalos bo‘ldi.