Salomatlik

Yurak hurujiga qarshi 4 tez yordam

Agar to‘satdan yurakda o‘zgarishlar va qattiq og‘riqni sezsangiz xushyor bo‘ling! Bu yurak faoliyatidagi xastaliklarga ishora bo‘lishi mumkin.

1. Ko‘pchilik bunday paytda o‘ziga o‘zi qanday yordam ko‘rsatishni bilmaydi. Demak, yurak huruji boshlanganda yo‘talishni boshlang.

2. Yo‘talishdan oldin chuqur nafas oling, yo‘talingiz davomli va chuqur bo‘lishi kerak. Xuddi halqumingizda chuqur balg‘am yig‘ilib qolgan-u, siz uni chiqarishga urinayotgandaysiz.

3. Nafas olish va chuqur yo‘talni har 2 soniyada qaytaring, tanaffus qilmang, to‘xtamang. Bu usulni shifokor kelgunga qadar, yurak odatiy ritmiga tushmaguncha qilavering.

4. Chuqur-chuqur nafas olish kislorodning o‘pkaga tushishini ta’minlaydi. Yo‘talingiz esa yurakni «siqib», qonni aylanib turishga majburlaydi. Bu harakatlar yurakni normal ritmga qaytishiga yordam beradi.

Manba: Darakchi.uz