Madaniyat

«Yuzimdagi xolni oldirsam bo‘ladimi?»

– O‘ng yonog‘im va yuzimning daxan qismida ikkita o‘rtacha kattalikdagi xol bor. Teridan bo‘rtib chiqib turishi menga yoqmaydi. Eshitishimcha, xollarni kichik jarrohlik aralashuvi yordamida olib tashlasa bo‘lar ekan. Muolajaning biror salbiy ta’siri bo‘lmaydimi?

Gulnora Akromova, Toshkent shahri

Savolga dermatovenerolog Rustam ZOKIROV javob beradi:

– Xollar (tibbiyot tilida nevus) ni olib tashlashdan avval mutaxassis bilan maslahatlashing. Mazkur muolaja go‘zallik salonlarida emas balki maxsus ixtisoslashgan klinikalarda bajarilishi lozim. Xolni olib tashlashdan oldin majburiy tarzda diagnostik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bular klinik tashhis va epilyuminessent dermatoskop yordamida (og‘riqsiz va jarohatsiz) amalga oshiriladigan usullardir. Mazkur ikki bosqichli tekshiruvi xollarning xavfli yoki xavfsiz ekanligini aniqlashda ko‘mak beradi. Shundan keyingina nevusni olib tashlash yoki qoldirish masalasi hal etilishi mumkin. Xollarni olishda lazerli muolaja usuli xavfsiz va teriga kam jarohat yetkazishi bilan ta’kidlanadi.

Manba: Darakchi.uz